Kenza
Kenza

Sotuv menejerlari uchun o'zbek tilidagi AI trenajyor. Menejer real mijozdan oldin jonli AI mijoz bilan mashq qiladi.

Pastga
E'TIROZ MASHQI · O'RTA
Yulduz opa
00:00
Narxi qimmat ekan, o'ylab ko'raman.
Tushunaman. Nimaga solishtirganda qimmat tuyuldi?
Boshqa markazda arzonroq ko'rgandim.
U yerda guruh necha kishilik ekan? Keling, bir darsga qancha tushishini hisoblaymiz.
NATIJA0
50+Narx, vaqt, oila, ishonch — real qo'ng'iroqlardan olingan e'tirozlar.
2–4 sAI mijoz tirik odamdek tez javob beradi. Gapini bo'lsangiz, to'xtaydi.
0–100Har bir mashq skript bosqichlari bo'yicha baholanadi.
3 taAniq maslahat: siz aytgan gap va uning yaxshiroq varianti.
O'zbek tilida
gapiradigan
AI mijoz
Real mijozdan
oldin.
Telefonda mashq qilayotgan sotuv menejeri

Menejer xatonimashqda qiladi.

Lid kuymaydi. Ilova o'rnatish shart emas — telefonda ochiladi, istalgan vaqtda, cheksiz.

Nima o'zgaradi

10 kishilik guruhni o'qitish: 7,5 soat ROP vaqti yoki 0.

0%

rol o'yinida o'rganilgani esda qoladi. Ma'ruzada — atigi 5%.

+20–0%

ko'proq bitim — muntazam mashq qiladigan sotuvchilarda.

7,5 soat

rahbar vaqti: AI mijoz rolini o'ynaydi, ROP natijani ko'radi.

Manba: ATD (Association for Talent Development), 2025. 7,5 soat = 10 menejer × 3 rol × 15 daqiqa.

3 xil mashq

01 / 03
8 daq

E'tiroz mashqi

Mijoz narxni eshitgan va e'tiroz bildiradi. Haqiqiy sababni topasiz va suhbatni keyingi qadam bilan yopasiz.

20 daq

To'liq qo'ng'iroq

Salomlashuvdan yakungacha. Kompaniya skripti bo'yicha 8 bosqich, jami 100 ball.

6 daq

Bosqich mashqi

Skriptning bitta bosqichi: ehtiyojni aniqlash yoki yakunlash.

+

Har mashqdan keyin

Ball, 3 ta maslahat, bu e'tirozga yaxshiroq javob va mijoz aslida kim edi.

Kenza qanday ishlaydi

Skript va e'tirozlar kiradi, menejer mashq qiladi, natija rahbarga boradi.

6 soha uchun tayyor ssenariylar

Shu ssenariylarda mashq qilish

Kenza jamoaning har bosqichida

Ishga olishda

Nomzod suhbatdan oldin bitta mashq qiladi, siz ballni ko'rasiz. Telefonda kim sota olishini birinchi kunoq bilasiz.

Tez orada

Onboarding va attestatsiya

Yangi menejer kerakli ballni yig'magunicha real lidga chiqmaydi. Lid mashqqa sarflanmaydi.

Mashq hozir bor

Muhim qo'ng'iroqdan oldin

Katta mijozga qo'ng'iroqdan oldin 5 daqiqa: aynan shu e'tiroz bilan mashq.

Hozir bor

Real qo'ng'iroqlar tahlili

Real qo'ng'iroq yozuvini yuborasiz, Kenza uni mashqdagi o'sha mezonlar bilan baholaydi.

Tez orada

Har ball dalil bilan

Kenza baho qo'yganda menejerning o'z gapini keltiradi. Menejer ball bilan tortishmaydi: qayerda xato qilgani ko'rinib turadi.

To'liq qo'ng'iroq · Yulduz opa · namuna85
E'tirozni aniqlashtirish2/2
«Tushunaman. Nimaga solishtirganda qimmat tuyuldi?»

Narxni himoya qilmasdan, avval sababini so'radi.

Ehtiyojni aniqlash1/2
«Kurs oyiga 800 ming, yozib qo'yaymi?»

Mijoz hali maqsadini aytmagan edi. Avval: «IELTS nima uchun kerak?»

Keyingi qadam2/2
«Ertaga 15:00 da bepul sinov darsiga yozib qo'yaymi?»

Aniq vaqt bilan yopdi.

Bugun

3 ta bepul qo'ng'iroq

Botni oching yoki app.kenza.uz ga kiring. Ilova o'rnatish shart emas.

Keyin

Skriptingiz ssenariyga aylanadi

Mahsulotingiz, narxingiz va e'tirozlaringiz asosida mijozlar tayyorlanadi.

30 kunda

O'sish hisobotda ko'rinadi

Rahbar kim mashq qilgani va kimning bali o'sganini Telegram'da ko'radi.

Ishlaydi:TelegramVeb: app.kenza.uzAndroidamoCRMBitrix24

Narxlar qancha?

Bitta saqlangan sotuv oylik to'lovni qoplaydi.Barcha tariflar 30 kunlik. Birinchi 3 ta qo'ng'iroq bepul. Jamoa tariflarida rahbar o'rin egallamaydi: u bepul qo'shiladi va natijalarni ko'radi.

Start

1 menejer
249 000so'm / oy
Oyiga 30 mashq, barcha ssenariylar, ball va maslahat. Bir kishi uchun, jamoa funksiyalarisiz.
Tanlash

Jamoa 5

5 tagacha menejer + rahbar
1 190 000so'm / oy · ~238 000 kishiga
Har menejerga oyiga 30 mashq. Rahbar paneli (Telegram'da), menejerlar kesimida statistika, reyting va attestatsiya (tez orada).
Tanlash

Jamoa 10Tavsiya

10 tagacha menejer + rahbar
2 190 000so'm / oy · ~219 000 kishiga
Har menejerga oyiga 30 mashq, Jamoa 5 dagi hammasi.
Tanlash

Jamoa 20

20 tagacha menejer + rahbar
3 990 000so'm / oy · ~200 000 kishiga
Har menejerga oyiga 30 mashq, Jamoa 5 dagi hammasi.
Tanlash

Biznes

20+ menejer
Kelishamizindividual narx
Jamoa tarifidagi hammasi + o'z skriptingiz va ssenariylaringiz.
Bog'lanish

Mashq qanday hisoblanadiE'tiroz mashqi va bosqich mashqi: 1 mashq. To'liq qo'ng'iroq (20 daqiqagacha): 2 mashq. Texnik uzilish bilan 1 daqiqadan qisqa tugagan mashq hisoblanmaydi.

Qo'shimcha paketlar+10 mashq: 79 000 so'm. +30 mashq: 199 000 so'm. Joriy obuna oyi oxirigacha amal qiladi, ishlatilmagan mashqlar keyingi oyga o'tmaydi.

Ko'p beriladigan savollar

AI mijoz haqiqatan o'zbekcha gapiradimi?

Ha, kitobiy emas, so'zlashuv tilida: “o'ylovdim”, “bo'sa”, “xo'jayinim”.

Ilova yuklab olish kerakmi?

Yo'q. Havola telefonda ochiladi va bosh ekranga qo'shiladi.

Quloqchin kerakmi?

Shart emas, karnay orqali ham ishlaydi.

O'z skriptimizni qo'sha olamizmi?

Ha, Biznes tarifida ssenariylar mahsulotingizga moslashtiriladi.

Bitta qo'ng'iroq qancha davom etadi?

Rejimga qarab: e'tiroz mashqi 8 daqiqagacha, to'liq qo'ng'iroq 20 daqiqagacha, bosqich mashqi 6 daqiqagacha. Tugashidan oldin ogohlantirish chiqadi.

Limit tugasa nima bo'ladi?

5 ta mashq qolganda bot ogohlantiradi. Tugaganda qo'shimcha paket taklif qiladi: +10 mashq 79 000 so'm yoki +30 mashq 199 000 so'm, shu oy oxirigacha amal qiladi. Jamoada rahbar menejeriga paketni o'zi oladi.

Yoki yangi oyni kutasiz: mashqlar obuna sanasidan har 30 kunda yangilanadi.

Qanday to'lanadi?

Tarifni tanlaysiz, bot orqali bog'lanamiz. Click va Payme orqali to'lov tez orada.

Kimlar uchun?

Telefonda sotadigan har qanday jamoa uchun: o'quv markazlari, onlayn kurslar, xususiy maktablar, marketpleys sotuvchilari, ko'chmas mulk, avtosalonlar, klinikalar, sug'urta, turizm, mebel va ta'mir, call-markazlar.

Mashq yozuvlari kimga ko'rinadi?

Mashq yozuvlari faqat sizning jamoangizda qoladi. Qo'ng'iroqlar va ballar faqat menejerning o'ziga va ROP'iga ko'rinadi. Real mijozlaringizning ovozi va ma'lumotlari ishlatilmaydi. Kompaniya skriptlari boshqa mijozlarga berilmaydi.

Menejer ovozi faqat uning roziligi bilan nutqni tanishni yaxshilash uchun saqlanadi; rozilikni botda /rozilik orqali istalgan vaqt qaytarib olish mumkin, shunda yozuvlar o'chiriladi.

Real mijozdan oldin mashq qiling.

3 ta qo'ng'iroq bepulapp.kenza.uz
Demo suhbatni eshitingYulduz opa bilan e'tiroz mashqi, real ovozda
0:00 / 1:03
Telefonda mashq qilayotgan sotuv menejeri
Sotuv bo'limi rahbari jamoasi bilan

Jamoangizga demo ko'rsatamiz

Ism va telefoningizni qoldiring. 1 ish kuni ichida bog'lanamiz va 15 daqiqada Kenza jamoangizda qanday ishlashini ko'rsatamiz.

Ismingizni yozing
Raqamni +998 XX XXX XX XX ko'rinishida yozing

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz. Ma'lumotlar faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.

Rahmat!So'rovingiz qabul qilindi. 1 ish kuni ichida qo'ng'iroq qilamiz. Kutmasdan sinab ko'rish uchun: @kenzauzbot